Shohnay
(Shexnaydan yoʻnaltirildi)
Shohnay, shexnay — surnaysimon tilchali puflama musiqa cholgʻusi. Shimoliy Hindistonning asosiy mumtoz sozlaridan. Yogʻochdan qilingan konussimon tanasida 7 ta chalgʻich (barmoq) teshigi mavjud. Qamishdan yasalgan tilchasi orqali havo yuboriladi. Baland, kuchli va jarangdor tovushga ega. Ijro jarayonida shahriga past ovozli (bansuri nay kabi) puflama hamda urma (nogʻora, tabla va boshqalar) cholgʻular joʻr boʻladi. Turli oilaviy va diniy marosimlar, xalq bayramlarida, hozirda esa konsert cholgʻusi sifatida ham keng qoʻllanadi (yana qarang Bismilloh Xon).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |