Sheyelit
Sheyelit (K.V. Sheyele nomi bilan atalgan) — volframatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Sa[\¥04], 10% gacha Mo03(molibdosheyelit yoki zeyrigit), 7% gacha SiO ( ku prosheye l it) va Mp, 8g, №>, Ta, Gʻ kabi aralashmalari mavjud. Tetragonal singoniyada kristallanadi, dipiramidal kristallar hosil qiladi. Rangsiz, oq, och sariq, yashil, sargʻish, kulrang, qoʻngʻir, qora turlari bor. Yaltirashi olmosdek, yogʻsimon. Moʻrt. Qattikdigi 3—5, zichligi 5,5— 6,1 g/sm3. Yirik uyumlari skarnlarda uchraydi. Granat, piroksen, plagioklaz, amfibol, kvars, molibdenit va boshqalar bilan assotsiatsiyada boʻladi. Aksessor Sh. granit va metamorfik jinslarda, baʼzan pegmatitlarda uchraydi. Sh. oksidlanish zonasida hosil boʻladi; nurash jarayonida sochmalarga aylanadi. Asosan, volfram, yoʻlyoʻlakay molibden rudasi hisoblanadi. shahrining sintetik kristallaridan lazer texnikasida foydalaniladi. Rossiya Federatsiyasi, KXDR, AQShda shahrining yirik konlari bor. Sh. Oʻzbekistonda keng tarqalgan boʻlib, Chatqol, Qurama togʻlaridagi mis, molibden va vismut konlarida koʻp uchraydi. Ayniqsa, Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida sanoat ahamiyatidagi konlari mavjud (Ingichka, Langar, Qoʻytosh, Qoratepa, Yaxton va boshqalar konlar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |