Qutb yogʻdusi yoki shimol yogʻdusiatmosferaning yuqori siyrak qatlamida hosil boʻladigan yorugʻlanish. Shimoliy kengliklarda u aurora borealis (Qadimgi Rim mifologiyasida Avrora - shom maʼbudasi, yunonchada borealis - "shimoliy shamol") deyiladi. Aurora borealis koʻpincha sentyabr-oktyabr hamda mart-aprel oylarida kuzatiladi. Janubiy yarimshardagi qutb yogʻdusi esa aurora australis (lotincha australis - "janub") deyiladi.

Shimoliy qutb yogʻdusi, Alyaska.

Shakllanishi

tahrir

Qutb yogʻdulari zaryadli zarrachalar - ionlarning Yer magnitosferasiga (yer sathidan taxminan 80 km balandlikda) sekundiga 300–1200 km tezlikda kelib urilishi natijasida paydo boʻladi. Bu ionlar Quyosh shamoli deb ataluvchi plazma oqimida keladi. Ionlar odatda 1-15 keV darajasigacha energiya tashiydi; va bu energiya atmosferadagi gaz atomlariga urilib, ularning energiya darajasini koʻtaradi. Natijada zarbaga uchragan atomlar foton chiqara boshlaydi (bu hodisani neon lampalarida ham kuzatish mumkin). Qoʻzgʻalgan atomlar odatda kislorod boʻlgani uchun, qutb yogʻdulari atomar kislorod uchun xos yashil rangda (toʻlqin uzunligi 557.7 nm), past energiya sharoitida esa toʻq qizil rangda (630.0 nm) yorugʻlik chiqaradi. Har bir ion zarbasidan soʻng nafaqat fotonlar, balki elektronlar nurlanishi ham roʻy berib, elektronlar esa oʻz navbatida boshqa atomlarga urilib, ulardan ham foton va elektron chiqarib, hodisa toki energiya tugaguncha davom etaveradi (0.5-1 sekund atrofida). Agar Quyosh shamoli intensiv boʻlsa, bu yogʻdular uzoq davom etadi. Yogʻdulardagi boshqa rangli toʻlqinlar azot atomlari va molekulalarining nurlanishi oqibatida hosil boʻladi[1].

Koʻrinuvchi yorugʻlikdan tashqari, qutb yogʻdulari infraqizil, ultrabinafsha va hatto rentgen nurlanishlarini ham yuzaga keltiradi. Lekin ultrabinafsha va rentgen spektrdagi toʻlqinlar atmosferada yutilib ketadi, shuning uchun ularni faqat koinotdan kuzatish mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. „Why are there Colors in the Aurora?“. 2011-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 30-avgust.