Shimol va Janub (Geosiyosat)
Shimol va janubning qarama-qarshiligi dunyoning boy shimoliy va kambagʻal janubiy mamlakatlarga empirizm nuqtai nazaridan boʻlinishi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasidagi global ziddiyatlardan[1][2] biri hisoblanadi
Dunyoning eng boy 20 ta davlatida aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar 20 ta eng kambagʻal davlatnikidan 37 baravar yuqori boʻlib, soʻnggi statistik maʼlumotlarga koʻra 40 yil ichida bu tafovut ikki baravar oshgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tahlilchilarining fikricha, XIX asr boshlarida sayyoramizning 225 ta eng badavlat kishilarining umumiy boyligi 1 trillion AQSh dollardan oshib ketgan, bu 2,5 milliard kambagʻalning yillik daromadiga teng degani. Forbes jurnali roʻyxatidan dunyodagi eng boy 500 kishining daromadi dunyodagi eng kambagʻal 416 million kishining umumiy daromadidan oshganli haqida maʼlumot berib oʻtgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi maʼlumotlariga koʻra, jahon yalpi ichki mahsulotidagi (YaiM) eng boy davlatlarning ulushi 86 % ni, oʻrta davlatlarning ulushi 13 % ni, eng kambagʻallarning ulushi esa atigi 1 % ni tashkil etadi. Iqtisodiy oʻsish sur’atlarining turli qiymatlari boy va kambagʻal davlatlar oʻrtasidagi tafovutning oshishiga olib keladi. Masalan, XX asrning 60 yillarda oʻrtacha Lotin Amerikasi davlatida aholi jon boshiga oʻrtacha daromad oʻrtacha rivojlangan mamlakatlarning taxminan uchdan bir qismini tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 20 % dan kam koʻrsatgichni tashkil qilmoqda. 1960-yillarda endi rivojlanayotgan davlatning daromadi tipik rivojlangan davlat daromadining 12 % ni tashkil etgan boʻlsa, hozir bu koʻrsatkich 5 % ga yaqinlashmoqda[3].
Global tengsizlikning oqibatlari
tahrir„Global shimol“ va „Global janub“ rivojlanish darajasidagi tengsizlik dunyoda mehnat migratsiyasining asosiy yoʻnalishi janubdan shimolga migratsiyaga olib kelmoqda.
„Global shimol“ va „Global janub“ning rivojlanish darajasidagi tengsizlikni koʻplab tadqiqotchilar antiamerikanizm va umuman Gʻarb sivilizatsiyasiga nafratning kuchayishiga, islom fundamentalizmining mashhurligi va islomiy terrorizmning tarqalishi[4] sabablar sifatida koʻrsatishadi.
Siyosatshunos F. Gobozova boy va kambagʻal davlatlar oʻrtasidagi qutblanishning kuchayishi millatchilikning kuchayishiga olib keladi, Gobozov kambagʻal xalqlar oʻzlarining davlat tuzilmalarini shakllantirishga harakat qilmoqdalar va shu orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va haqiqiy mustaqillikka erishishga harakat qilishmoqda.
Baʼzi mamlakatlarda shimol va janub oʻrtasidagi farq
tahrirSanoat shimoli va agrar janub oʻrtasidagi farq koʻpincha alohida mamlakatlarda kuzatiladi. Masalan oddiy misollar bilan keltiradigan boʻlsak.
Qirgʻizistonning janubiy (Oʻsh, Botken) va shimoliy (Chuy) viloyatlari.
Janubiy Italiya va Padaniya hududlarida ham rivojlanish nuqtai nazaridan turli farqlar mavjud.
Kataloniya, Basklar mamlakati va Ispaniyaning qolgan qismida ham rivojlanish markazlari xar hillikni tashkil etadi.
Yangi Angliya va Amerika Qoʻshma Shtatlarining janubi-sharqiy qismida sanoatlashuv va aholi manzilgohlarida farqlar mavjud.
Shimoliy va janubiy hududlar oʻrtasidagi farq Meksika, Fransiya, Iroq va boshqalarda ham sezilarli. Janubiy yarimsharda, "aksincha, " bu farqlar Janubiy Afrika, Argentina, Avstraliya va boshqalarda sezilarli holatda aks etadi.
Gʻarb — Sharq
tahrirShimol va janub oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarga qoʻshimcha ravishda, baʼzi iqtisodchilar gʻarbiy — sharqiy chiziq boʻylab baʼzi davlatlarda sezilarli farqlarini ham keltirib oʻtadilar: Gʻarbiy va Sharqiy Germaniya, Gʻarbiy va Sharqiy Vengriya, Gʻarbiy Belarusiya, Rossiyaning Yevropa qismi, SSSR va MDH, bu holatlarda taqqoslashda sharqiy hududlar bir muncha past darajada rivojlangan. Biroq, ob’ektiv kuzatilgan Shimoliy-Janub empirik naqshidan farqli oʻlaroq, uni butun dunyoga tatbiq etib boʻlmaydi, chunki Sharq-Gʻarbiy qarama-qarshi misollar bir xil darajada koʻp — Xitoy, Paragvay, Braziliya, Avstraliya, Ukraina va Kanada, bu mamlakatlarning har birida sharqiy mamlakatlar. qismi koʻproq aholi isteʼqomat qiladi va iqtisodiy jihatdan kuchli rivojlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Gobozov I. A. Filosofiya politiki M., 1998. — 154 s.
- ↑ Xippler Y. Narkotorgovlya v sisteme vzaimootnosheniy Severa i Yuga (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ N. V. Beketov. Globalizatsiya kak protsess formirovaniya informatsionno-ekonomicheskogo prostranstva: sotsialnie aspekti razvitiya mirovoy i natsionalnoy ekonomicheskix sistem
- ↑ M. Lebedeva. Politicheskaya sistema mira: proyavleniya „vnesistemnosti“, ili novie aktori — starie pravila