Shina (tibbiyotda) — suyak, boʻgʻim, yumshoq toʻqimalar shikastlanganda va kasallanganda ularni qimirlatmay qoʻyish (immobilizatsiya) maqsadida ishlatiladigan moslama. Sh. metall, gips, taxta, plastmassa va boshqalar dan tayyorlanadi. Sh. qoʻyilganda singan oyoq va qoʻl ogʻrigʻi kamayadi. Suyaklar bilan yumshoq toʻqimalar shikastlanishining oldi olinadi. Transport va davolash Sh. lari farq qilinadi.

Transport Sh.lari jarohatlangan kishini vaqtincha koʻchirish yoki tashishda qoʻllanadi, unga Kramer, Diterixs, fanerli, kartonli Sh.lar kiradi. Kramer Sh. simdan qilingan tayyor metall narvonga oʻxshash, uz. 75— 100 sm, eni 7—10 sm. Shikastlangan oyoq yoki qoʻlga oddin paxta qoʻyib, soʻngra shahrini marlili, kraxmalli yoki gipsli bogʻlovlar bilan mahkam bogʻlanadi. Diterixs Sh. 2 ta — uzunqisqa tayoq, qalin fanerdan qilingan taglik va buramadan iborat. Koʻpincha chanoqson boʻgʻimi va son suyagi shikastlanganda qoʻllanadi. Transport Shina. boʻlmagan vaqtda faner, yupqa taxta, tayoq va boshqalardan foydalaniladi. Davolash Sh.si, asosan, shinaligipsli bogʻlovlar sifatida (qarang Gips bogʻlov) ishlatiladi.