Shinzō Abe

2006-2007 va 2012-2020-yillarda Yaponiya Bosh vaziri (1954-2022)
(Shinzo Abedan yoʻnaltirildi)

Shinzo Abe (yaponcha: 安倍 晋三; 21-sentyabr, 1954 – 8-iyul, 2022) Yaponiya bosh vaziri (2006—2007 va 2012—2020-yillarda)[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10].

Shinzo Abe
安倍 晋三
 53- va 63-Yaponiya Bosh vaziri
 
Mansab davri
26-dekabr 2012-yil – 16-sentyabr 2020-yilgacha
Monarx Akihito
Oʻtmishdoshi Yoshihiko Noda
Vorisi Yoshihide Suga
Mansab davri
26-sentyabr 2006-yil – 26-sentyabr 2007-yilgacha
Monarx Akihito
Naruxito
Oʻtmishdoshi Junichirō Koizumi
Vorisi Yasuo Fukuda
 Yaponiya liberal-demokratik partiyasi raisi
Mansab davri
26-sentyabr 2012-yil
Oʻtmishdoshi Sadakazu Tanigaki
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-sentyabr 1954-yil
Yamaguti, Nagato, Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Vafoti 8-iyul 2022-yil(2022-07-08)
(67 yoshda)
YaponiyaNara, Yaponiya
Turmush oʻrtogʻi Akiye Abe
Onasi Yoka Abe
Otasi Sintaro Abe
Maʼlumoti Seykey Universiteti
Mukofotlari Qirol Abdulaziz ordeni Qaqnus ordeni (Gretsiya)

Biografiyasi

tahrir
 
1956-yilda Abe oilasi: onasi Yōko Abe, otasi Shintarō Abe, ikki yoshilik Shinzo Abe (chapda), va uning akasi Hironobu
  • Bobosi Kan Abe va otasi Shintaro Abe siyosatchilar boʻlgan[11].
  • 1993–2006-yy. – Yaponiya parlamenti aʼzosi[12].
  • 2006–2007-yy. – Yaponiya bosh vaziri[13].
  • 2007–2012-yy. – Liberal-demokratlar partiyasi raisi[14].

Siyosiy faoliyati

tahrir

U siyosiy faoliyatini 1982-yilda oʻzining otasi oʻsha vaqtdagi tashqi ishlar vaziri boʻlgan Sintaro Abening kotibi sifatida boshladi[15]. Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi boʻldi. 1993-yil Yaponiya parlamentining Yamaguchi prefekturasidan vakillar palatasiga saylandi. 2000-yildan beri Abe Mori va Koizumi hukumatlarida ishladi. 2003-yildan 2004-yilgacha u Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi bosh kotibi boʻladi. 2005-yil oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasining bosh kotibi lavozimini egallaydi. Kuzatuvchilar ushbu uchrashuvni Bosh vazir Dzyunitiro Koizumi Abeni uning vorisi sifatida tayyorlaganligi belgisi sifatida baholadilar.

Suiqasd

tahrir

2022-yil 8-iyulida Nara shahrida nutq soʻzlayotgan Abe orqa tomondan oʻqqa tutildi. Xabarlarga binoan uning yuragi toʻxtadi va hayot alomatlarini yoʻqotdi. Shahar politsiyasi 41 yoshli gumonlanuvchi otishmachi Yamagami Tetsuyani hibsga oldi[16]. Abe shu kunning oʻzida jarohatlaridan vafot etdi[17].



Manbalar

tahrir
  1. Lucy Alexander. „Landslide victory for Shinzo Abe in Japan election“. The Times (17-dekabr 2012-yil).
  2. „Another Attempt to Deny Japan’s History“. The New York Times (2-yanvar 2013-yil).
  3. Justin McCurry. „Shinzo Abe, an outspoken nationalist, takes reins at Japan's LDP, risking tensions with China, South Korea“. GlobalPost (28-sentyabr 2012-yil).
  4. "Tea Party Politics in Japan" (New York Times – 2014/09/13)
  5. Japan Press Weekly Special Issue – November 2006 (PDF).
  6. Abe, Shinzo. „Japan is Back“ (22-fevral 2013-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2015-yil.
  7. „Abe meets Xi for first China-Japan summit in more than two years“. The Japan Times (10-noyabr 2014-yil). 2019-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2015-yil.
  8. New Japanese Leader Looks to Expand Nationʼs Military (Wayback Machine saytida 2013-11-03 sanasida arxivlangan), NewsHour, 20-sentyabr 2006-yil.
  9. BBC website Japan upgrades its defence agency, bbc.co.uk, 9-yanvar 2007-yil.
  10. „Definition of Abenomics“. Financial Times Lexicon. 2017-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2014-yil. (Wayback Machine saytida 2017-11-18 sanasida arxivlangan)
  11. JPop.com – JPop bands, albums, songs, and info (Wayback Machine saytida 2008-02-14 sanasida arxivlangan) (Kishi Yōko)
  12. „Mob boss gets 20 for Abe home arsons“ (Wayback Machine saytida 2019-06-08 sanasida arxivlangan), 10-mart 2007-yil, The Japan Times
  13. Abe elected as new Japan premier
  14. „Потомственный политик Синдзо Абэ. Биографическая справка“. РИА Новости (2006-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 10-iyun.
  15. Profile of Prime Minister
  16. „Former Japanese PM Abe Shinzo shot in Nara, man in his 40s arrested“. NHK World News -- Japan. NHK Broadcasting. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  17. „安倍晋三元首相死亡 奈良県で演説中に銃で撃たれる“ (Japanese). NHK (2022-yil 8-iyul). Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.