Shirakava (Gifu, qishloq)
Shirakava (yaponcha: 白川村 Shirakava-mura ) Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Ono tumanida joylashgan qishloq. U Gassho-zukuri deb nomlanuvchi qurilish uslubini namoyish etuvchi kichik, anʼanaviy qishloq Shirakava-goning maskani ekanligi bilan mashhur. Toyamaning Nanto shahridagi Gokayama bilan birgalikda, YuNESKOning Jahon merosi obyektlaridan biri sifatida kiritilgan.
Shirakava 白川村 | |
---|---|
Qishloq | |
36°16′15.4″N 136°53′54.8″E / 36.270944°N 136.898556°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Maydon | 237.90 km2 (91.85 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (January 1, 2019) |
1 630 |
Zichligi | 35 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
|
2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra, qishloqda hisob-kitoblarga koʻra 588 xonadonda 1630 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 4,6 kishidan toʻgʻri keladi[1]. Qishloqning umumiy maydoni 356,55 km2 (137,66 mil²) ga teng.
Geografiyasi
tahrirShirakava togʻ qishlogʻi boʻlib, Gifu prefekturasining uzoq shimolida joylashgan, Ryohaku togʻlari bilan oʻralgan hamda, Ishikava prefekturasi va Toyama prefekturasi bilan chegaradosh. Hakusan togʻi bu hududning eng baland joyi boʻlib, uning balandligi — 2,172 metr (7,126 ft) ga teng. Qishloq hududining 95,7 foizini togʻli oʻrmonlardan tashkil topgan va uning tik joylari xavflidir. Togʻlar orasidan shimolda Nantogacha davom etadigan Sho daryosi oqib oʻtadi. Aholining asosiy qismi daryo vodiysida joylashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirIqlimi
tahrirShirakava qishlogʻi nam kontinental iqlimga ega (Koppen Dfa). U toʻrt xil faslni oʻzida namoyish etadi, qish esa eng ajoyib tarzda kechadi. Shirakava Yaponiyadagi eng qorli joylardan biri sifatida qayd etilgan. Yillik qor miqdori oʻrtacha 10 metrdan (415,4"), qor qatlamlari esa 2 metrdan oshadi. Tez-tez yogʻadigan kuchli qor natijasida, xarakterli qalin somonli tomli gazshō-zukuri (合掌造り) uylari paydo boʻldi. Hakusan milliy bogʻi togʻ tizmalari fonida bu joylar asosiy sayyohlik joylari hisoblanadi.
Kurokawa, Shirakava qishlogʻi (1991−2020 oʻrtacha haroratlar, ekstremallar 1978−hozirgacha) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 14,2 | 18,8 | 22,0 | 27,9 | 31,4 | 33,3 | 37,2 | 37,4 | 35,3 | 29,8 | 22,6 | 19,7 | 37,4 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 5,4 | 7,0 | 11,3 | 17,0 | 22,3 | 25,1 | 28,5 | 30,2 | 26,2 | 20,4 | 14,3 | 7,9 | 18,0 |
Oʻrtacha harorat, °C | 0,0 | 1,0 | 4,6 | 10,1 | 15,5 | 19,4 | 23,2 | 24,1 | 20,5 | 14,3 | 7,9 | 2,4 | 11,9 |
Oʻrtacha minimal, °C | −4,4 | −3,9 | −1,1 | 3,8 | 9,4 | 14,8 | 19,4 | 20,1 | 16,4 | 9,7 | 3,0 | −1,9 | 7,1 |
Mutlaq minimal, °C | −12,8 | −12,3 | −10,2 | −5,3 | −0,8 | 5,9 | 13,7 | 11,5 | 6,2 | −0,5 | −4,1 | −10,6 | −12,8 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 76,2 | 103,0 | 173,5 | 180,2 | 187,4 | 244,2 | 332,8 | 232,1 | 256,4 | 196,3 | 107,0 | 85,7 | 2 176 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Demografiyasi
tahrirYaponiyadagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Shirakava aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida kamaygan, 2000-yilga kelib kichik oʻsish darajasi kuzatildi.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 2,525 | — |
1980 | 2,132 | −15.6% |
1990 | 1,892 | −11.3% |
2000 | 2,151 | +13.7% |
2010 | 1,733 | −19.4% |
2020 | 1,511 | −12.8% |
Tarixi
tahrirShirakava atrofidagi hudud anʼanaviy Hida viloyatining bir qismi boʻlgan. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Ono tumani tarkibida tashkil etildi. Shirakava qishlogʻi 1897-yil 1-iyulda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil topgan.
Iqtisodiyoti
tahrirMahalliy iqtisodiyotda mavsumiy turizm kuchli ustunlik qiladi. Gazsho-zukuri qishloqlarini koʻrish uchun kelgan sayyohlar daromadi evaziga qishloqning moliyaviy ahvoli ancha yaxshilanadi, qishloq YUNESKO obyektiga aylanganidan soʻng turistlar oqimi yanada oshgan. Biroq, tashrif buyuruvchilar sonining ortib borayotgani ifloslanishdan hududga zarar yetkaza boshladi. Mahalliy aholi oʻz uylarini yotoqxonalar, sovgʻalar doʻkonlari va toʻxtash joylariga aylantira boshladi va bu oʻz navbatida uning Jahon merosi maqomiga darz ketishiga sabab boʻlmoqda. Shuningdek, sayyohlarga xizmat koʻrsatishni oʻzgartirish hududning soddaligi va asosiy yapon manzarasining jozibasiga ham zarar yetkazishi mumkinligi haqida qoʻrquv yuzaga kelmoqda.
Taʼlim tizimi
tahrirShirakavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta umumiy boshlangʻich/oʻrta maktab mavjud. Shahar qishlogʻida yuqori maktab mavjud emas.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrir- Shirakava qishlogʻida yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.
Magistral yoʻl
tahrir- E41 Tōkai-Hokuriku tezkor yo'li
- Milliy yoʻnalish 156
- Milliy yoʻnalish 360
Qardosh shahar munosabatlari
tahrir- — Alberobello, Apulia, Italiya 2005-yil 3-martdan buyon
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrir- Shirakava-go va Gokayama tarixiy qishloqlari YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
- Vadake uyi— mintaqadagi eng katta gassho-zukuri
- Shirakawa-go Xirase Onsen ("milliy tiklanish onsen " sifatida belgilangan)
- Miboro toʻgʻoni, Miboro koʻli
- Hida tunneli
- Hakusan Rindo (yurish yoʻlagi)
- Kuzgi ranglari bilan mashhur boʻlgan Amau Pass (yaponcha: 天生峠 Amau tōge ); Piyoda yurganda 30 daqiqa uzoqlikda joylashgan Koso suv-botqoqlari ham mashhur
- Shirakava Hachiman ziyoratgohi, u yerda har yili 14-15-oktyabr kunlari Doburoku festivali boʻlib oʻtadi.
Galereya
tahrir-
Shirakava-go dagi Ogimachi qishlogʻi
-
Shirakava
-
Shirakava-godagi anʼanaviy uy-joylari
-
Shirakava
Avtobus xizmati
tahrir- Kaetsunō avtobusi Shirakava-go avtobus terminali
Jahon merosi obyekti avtobusi ushbu kompaniya tomonidan Takaoka stansiyasidan (Toyama) Shin-Takaoka stansiyasi orqali boshqariladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Shirakawa village official statistics(yaponcha)
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
- ↑ Shirakawa population statistics
Havolalar
tahrir- Shirakawa rasmiy veb-sayti (yaponcha) (baʼzi inglizcha kontent)
- Shirakava-go va Gokayamada YuNESKOga kirish
- Rasmiy Gifu turizm veb-saytida Shirakawa-go bilan bogʻliq maʼlumotlar (Wayback Machine saytida 2019-05-02 sanasida arxivlangan)
- shirakawa-go.gr (Wayback Machine saytida 2020-06-10 sanasida arxivlangan)