Shirali ozuqalar
Shirali ozuqalar - tarkibida suvi koʻp boʻlgan (70% dan ortiq bogʻlangan suv) oʻsimlik ozuqa; chorva mollari uchun toʻyimli yemxashak. Shirali ozuqalarga ildizmeva, tuganakmeva, poliz ekinlari mevasi, ozuqa oʻtlar, siloslangan ozuqalar va boshqalar kiradi. Tarkibida S vitamini, V guruh vitaminlari, ayrimlari tarkibida karotin, yengil hazm boʻladigan uglevodlar (kraxmal va qand) bor, proteini oz. 1 kg Shirali ozuqalarning toʻyimliligi 0,1—0,3 ozuqa birligiga teng. Barcha chorva mollari xush koʻrib yeydi. Sigirlarning sut mahsuldorligini oshiradi, dagʻal xashaklarning hazmlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Asosan, xom holida bir sutkada sogʻin sigirlarga 40 kg gacha, boʻrdoqiga boqiladigan buqalarga 60 kg gacha, qoʻylarga 4 kg gacha berish mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |