Sachratqi
(Shirinchadan yoʻnaltirildi)
Sachratqi, impetigo, shirincha – terining yuqumli yiringli kasalligi; streptokokklar va stafilokokklar qoʻzgʻatadi. Aksariyati yosh bolalarda uchraydi. Koʻpincha yuz, ogʻiz burun atrofi, oyoq qoʻlda boʻladi. Dastlab ichida sargʻimtir suyuqlik bor pufakchalar paydo boʻlib, bir necha soat mobaynida suyuqlik yiringga aylanadi. Bir necha kundan keyin yaralar bitib, keyinchalik ular qurib qotadi va izi qolmaydi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |