Shisha qoliplash mashinasi
Shisha qoliplash mashinasi — shisha boʻtqasi (massasi)ni har xil shaklli qoliplarga quyib (shtamplab, presslab, prokatlab, choʻzib, puflab va boshqalar usullarda) shisha buyumlar olish uchun moʻljallangan qurilma. Bunda ishlatiladigan shisha boʻtqasining qovushqoqligi 1024107Ns/m2(1Ns/m2=10 pauz), temperaturasi 700—1000° boʻlishi lozim. Mas, shisha taxta (oyna) olish uchun shishani tik (vertikal) choʻzadigan Shisha qoliplash mashinasim. ishlatiladi (rasm, 1). Unda qayiqsimon idish (vanna) dagi tirqishdan kiradigan yoki erkin qalqib turgan qaynoq shisha boʻtqasi uzluksiz tarzda yuqoriga (vertikal tarzda) choʻziladi. Natijada eni 2,5–3 m, qalinligi 2– 6 mm li lenta hosil boʻladi. Bu lenta asbest valiklar yordamida mashina shaxtasi orqali oʻtib "pishadi", keyin zarur oʻlchamda kesilib, maxsus idishlarga taxlanadi. Shisha taxta gorizontal choʻzish va prokatlash usulida ham tayyorlanadi.
Shishabloklar, meʼmorlik bezaklari, shisha suv oʻlchash idishlari, bankalar, butilkalar, kolbalar va boshqalar shisha buyumlar presslashpuflash va puflash usullarida olinadi. Mas, presslashpuflash mashinasida (rasm, 2) keng boʻgʻizli shisha idishlar tayyorlanadi. Bunda xomaki va toza qolipga suyuq shisha porsiyasi solinadi, presslash usulida zagotovka (xomaki buyum) tayyorlanadi va boʻgʻziga shakl beriladi, keyin zagotovka toza qolipga oʻtkaziladi, puflash usulida u tayyor buyum holiga keltiriladi. Tor boʻgʻizli idishlar (shisha banka, kolba va boshqalarlar) puflash mashinasida olinadi. Unda zagotovka ham, tayyor buyum ham siqilgan havo yordamida puflama usulda olinadi. Baʼzan idishlarning boʻgʻzi vakuum (havoni soʻrib olish) usulida hosil qilinadi. Oldingisi fiderli, keyingisi vakuumli Shisha qoliplash mashinasim. deb ataladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |