Ivan Pavlovich Shkvalov (asl familiyasi —Samgin) (1899.1.1, Nijegorodsk gubernyasi — 1981, Toshkent) — aktyor, rejissyor Oʻzbekiston (1946) va Tojikiston (1951) xalq artisti. Sahnaviy faoliyatini 1918-yil Nijegorodsk teatr studiyasida boshlagan. Keyinchalik Gorkiy, Saransk, Penza, Ivanov, Sverdlovsk, Chelyabinsk, Tobolsk va boshqalar teatrlarda ishlagan. 1933—46 yillar Samarqand rus drama teatri, 1946— 58 yillar Turkiston harbiy okrugi drama teatrida aktyor, rejissyor 1958-yildan Toshkentdagi xalq radioteatrida bosh rejissyor Shkvalov oʻtkir sahnaviy shakllar va chuqur psixologik talqin ustasi sifatida tanildi. Asosiy rollari: Gay (N. Pogodin, "Mening doʻstim"), Vasilkov, Telyatev, Paratov (A. Ostrovskiy, "Quturgan pullar", "Sepsiz qiz"), Arbenin (M.Lermontov, "Maskarad"), Sergey Lukonin (K.Simonov, "Bizning shahar yigiti"), Ivan Ribakov (V. Gusev, "Ivan Ribakov"), Goryachev (B. Smirnov, "Buga ustidagi qalʼa") va boshqalar Sh. "Quturgan pullar" (A.Ostrovskiy), "Makr va muhabbat" (F. Shiller), "Begona bola" (Shkvarkin), "Platon Krechet" (A.Korneychuk), "Maysaraning ishi", "Boy ila xizmatchi" (Hamza) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil