Shlir (nem. §sNNeg — balchiq, mergel) — notoʻgʻri shakldagi intruziv togʻ jinsi qismi. Togʻ jinslarining qolgan massasidan strukturasi va uni tashkil etgan minerallarning nisbiy miqsori bilan farq qiladi. Sh. va uni qamrab olgan togʻ jinslari orasida, odatda, muntazam ravishda oʻzgarish kuzatiladi. shahrining oʻlchami 2—10 sm, baʼzan 1 m va undan koʻp boʻladi. Baʼzi Sh.lar kristallanish va magmatik eritmalarning qotishi jarayonida ajralib chiqqan dastlabki mineral toʻplamdan iborat boʻlsa, boshqalari magma tepaga koʻtarilish jarayonida qoʻshilib chiqib, magma orasida oʻzgargan, ammo butkul erib oʻzgarmagan jinslardir.