Shoʻrchi neft-gaz koni
Shoʻrchi neft-gaz koni - Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi kon. Qorovulbozor temir yoʻl stansiyasidan 55 km shim.sharkda. 1964-yilda ochilgan va oʻsha yili foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi tekislikdan iborat, 257–368 m balandliqda joylashgan. Shoʻrchi maydoni Kogon koʻtarilmasi halqasining ichki qismida boʻlib, shim.sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan asimmetrik braxiantiklinal burmadan iborat. Struktura janda Okjar, shim.gʻarbda Qoraiz burmalari bilan chegaralangan, ular oraligʻida sinklinal egilmalar mavjud. 12gorizont shipi boʻyicha burma oʻlchami 7x3 km, bal. 120 m. Shoʻrchi neft-gaz konig.k.da jami 28 ta quduq qazilgan boʻlib, yura, boʻr, paleogen va neogen davri jinslari ochilgan. Kon koʻp qatlamli konlar turkumiga mansub. Sanoat miqyosidagi neftgazlilik boʻr davrining 13gorizontida (gaz uyumi) va yuqori yura davrining 15 va 16gorizontlarida (gaz va neft uyumi) aniqlangan. 13gorizont qumtoshlardan tarkib topgan, qalinligi 66–89 m. 15gorizont 690–760 m chuqurlikda ochilgan. Kelloveyoksford yarusining qumtoshlari va ohaktoshlaridan tuzilgan. Qalinligi 31–49 m, foydali qalinligi 2,8—4,5 m, gʻovakliligi 18%. Gazneft uyumi qatlamli, gumbazli, tektonik toʻsilgan tipga mansub. 16gorizont kelloveyoksford yarusining pastki qismida joylashgan boʻlib, gil va gravelit qatlari bilan navbatlangan qumtoshlardan tashkil topgan. Hozirgi kunda kondan foydalanilmoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |