Shofirkon
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Shofirkon — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi shahar (1995-yildan), tuman markazi (1926-yildan). Viloyat markazi (Buxoro)dan 40 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qiziltepa (32 km). Aholisi 17 ming kishi (2004), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi.
Shofirkon | |
---|---|
shahar | |
40°07′0″N 64°30′0″E / 40.11667°N 64.50000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Buxoro viloyati |
tuman | Shofirkon tumani |
Aholisi (2004) |
17 000 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Tarixi
tahrirShofirkon Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Uning kelib chiqishi haqida X asrda yashab oʻtgan tarixchi Narshaxiy „Buxoro tarixi“ asarida quyidagicha yozadi:"Sosoniylar sulolasi vakili Kisroning farzandlaridan biri Shopur otasidan arazlab Buxoro viloyatiga keladi, bu yerda uni Buxorxudot yaxshi kutib oladi. Shopur ov qilishni yoqtiradi va bir kuni ov qilish maqsadida hozirgi Shofirkon yerlariga borib qoladi. U hudud hali obod qilinmagan, yayloq, ov qilinadigan joy boʻlgani sabab Shopurga bu joy xush keladi va bu joyni obod qilish uchun oʻziga ulush qilib berishini Buxorxudotdan soʻraydi va u rozi boʻladi. Shopur bu yerda katta anhor qazitadi va uni oʻz nomi bilan yaʼni „Shopurkom“ deb ataydi va shu anhor boʻylab qishloqlar va qasr qurdiradi. Bundan tashqari Shopur Vardona qishlogʻini ham bunyod qilib, u yerda oʻzi uchun turar joyga ega boʻlish maqsadida qasr qurdiradi. Uning vafotidan soʻng, qishloqlar avlodlariga meros boʻlib qoladi."[1] shu tariqa Shofirkon shahri bunyod qilinadi. Manbaalarda Vardanze nomi-Vardana,Vardanzi,Vardani,Varzanze tarzida uchraydi. „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“da Vardanze soʻziga quyidagicha izoh beriladi:Vardanzi-qadimgi podshohlarning maxsus qarorgohi, hozirgi Buxoro viloyati Shofirkon rayonidagi „Qoʻrgʻoni Vardanzi“ nomi bilan mashhur xaroba. Tarixiy manbalarda uning Buxorodan qadimiyroq ekanligi, shoh Shopur bunyod qilganligi haqida maʼlumotlar bor. Vardanzida har hafta bozor boʻlgani savdoning taraqqiy etganligidan darakdir va Vardanzi matolarini, bronzasini boshqa joylarga olib borib sotishgan. Vardanzi hali arxeologik jihatdan toʻliq tekshirilmagan ammo milodning 6-asrlariga oid materiallariga koʻra, u oʻsha davrda gullab yashnagan. Arab istilosi davrida(VIII asr boshi) Buxorodan alohida boʻlgan mustaqil podsholik poytaxtiga aylangan"[2]
Shofirkon shahrida vino zavodi, paxta tozalash zavodi va boshqalar sanoat korxonalari, 4 ta qurilish tashkiloti, bosmaxona, dehqon bozori, novvoyxona, avtovokzal, mehmonxona, aloqa boʻlimi, turli banklar boʻlimlari, 100 dan ortiq savdo, jamoat ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. 50 umumiy taʼlim maktabi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, Muxtor Ashrafiy nomidagi sanʼat maktabi, 4 kasb-hunar kolleji (qishloq xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish, iqtisodiyot kollejlari, pedagogika kolledji) bor. 9 kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, „Xotira“ yodgorligi, stadion, 10 dan ortiq sport maydonchalari, 5 sport zali mavjud. Markaziy tuman kasalxonasi, 4 poliklinika, 10 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi.
Ad. Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Maxmud ibn Vali, More tayn otnositelno doblestey blagorodnix (Geografiya), T., 1977; Buxoro Sharqdurdonasi, T., 1997.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- S.Muxtor, K.Bobomurod. Shofirkon tarixi, Toshkent, 1998.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |