Shohimardon me’moriy majmuasi (Navoiy)

Shohimardon meʼmoriy majmuasi — Navoiy viloyati, Gʻozgʻon qishlogʻida joylashgan yodgorlik. Majmua 1908—1913-yillarda Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi davrida bunyod etilgan. Majmua Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Shohimardon „Pahlavonlar piri“ maʼnosini bildiradi. Gʻozgʻon qishlogʻida Shohimardon meʼmoriy majmuasi joylashgan. Ushbu majmuada Hazrati Ali Muhammad pamgʻambarning kuyovi va toʻrtinchi xalifa Ali ibn Abu Tolib al-Kurashiyning ramzi qabri joylashgan qadamjo qurilgan. Mazkur majmuada ziyoratchilar uchun hujra, oshxona, maqbara, ayvon, masjid va marmar kosa yaʼni tosh kosa mavjud. Gʻazgʻon qishlogʻi yaqinda asrlar davomida tosh koni mavjud boʻlgan. Aynan shuning uchun ham majmua Gʻozgʻon toshlaridan bunyod etilgan. Majmuaning shimoli-gʻarbiy qismida masjid-xonaqoh mavjud. Ushbu masjid XVI asrda bunyod etilgan[1]. Masjidning uchta miyonxonasi boʻlib, maqbara qarama-qarshisida joylashgan. Ushta miyonxona gumbaz bilan qoplangan. Majmuaning asosiy kirish qismida darvozaxona boʻlib, ziyoratchilar yashashi uchun hujralar qurilgan. Ziyoratchilar uchun suv toʻldirish uchun 2 ta toshkosa yasalgan. Maqbara, masjid va ayvonlar devorlari yuqori qismida marmar toshtaxtachalar boʻlib, Qur’oni Karimdan oyatlar bitilgan. Masjid va maqbara naqshinkor tosh ustunlar bilan bezatilgan. Majmua qurilishida sangtarosh Abdurahim Turdiyev boshchilik qilgan. Bundan tashqari Safar Eshmurodov, Abdurasul Turdiyev, Umar Bozorov, Baqo Komilov kabi ustalar qatnashgan[2]. Masjidni bezatishda qora marmartoshlardan ham keng foydalanilgan. Majmuaning boshqa meʼmoriy obidalardan farqi shundaki, gʻozgʻon toshlari bilan qurilganligidir. Majmua qurilishida Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslublaridan ham foydalanilgan.

Shohimardon meʼmoriy majmuasi
Muqobil nomlari Shohimardon meʼmoriy majmuasi

Umumiy maʼlumot
Turi majmua
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 1908—1913-yillar
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch


Manbalar

tahrir
  1. „Шоҳимарбон жомеъ масжиди“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 211.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0. 

Havolalar

tahrir