Shohjahonpur
Shohjahonpur - Hindistonning shim. qismidagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Deoxa daryosi (Gang daryosi irmogʻi) boʻyida joylashgan. Aholisi 260 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Qishloq xoʻjaligi (donli ekinlar, shakarqamish) rayonining savdosanoat markazi. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi. Toʻqimachilik korxonalari bor. Shaharga 1647-yilda asos solingan va Boburiylar saltanati hukmdori Shoh Jahon nomi bilan atalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |