Shok
Shok (frans. sos — zarba) — odam hayotiga xavf tugʻdiruvchi holat; haddan tashqari kuchli taʼsirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Koʻpincha shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, qon quyilganda, miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli roʻy beradi. Shok boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash, baʼzan oʻzining ogʻir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, oʻrnidan sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin boʻladi). Keyinchalik es-hushi joyida boʻlsa ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrofmuhitga butunlay befarq boʻlib qoladi. Ogʻriqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib,tana harorati pasayadi, terisi muzdek boʻlib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, tashna boʻladi, baʼzan qayt qiladi. Kuyish shokida ayniqsa, ogʻir kechadi. shokni keltirib chiqargan sababiga koʻra : Travmatik Anafilaktik Kardiogen Emotsional Gemotransfuzion va hokazo.
Travmatik shok shikastlangandan keyin roʻy berib, shikastlangan kishining ahvoli juda ogʻir boʻladi.Travmatik shokda iloji boricha zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak, vrach kelguncha bemorga birinchi yordam koʻrsatish, yaʼni shikastlanishga sabab boʻlgan omillar (mas, yonayotgan kiyimboshni oʻchirish, qulagan joy ostida qolib ketgan kishilarni olib chiqish va boshqalar)ni bartaraf etish, qon oqishini toʻxtatish, qoʻl, oyoq shikastlanganda ularni vaqtincha taxta bilan harakatni cheklab qo'yiladi.Ogʻiz boʻshligʻini ivigan qondan tozalash va sunʼiy nafas oldirish lozim. Shikastlangan kishiga tegishli yordam koʻrsatgach uni darhol ehtiyotkorlik bilan kasalxonaga olib borish kerak.
Anafilaktik shok — moddalarga, jumladan, organizmga mos kelmaydigan dorilarga nisbatan boʻladigan allergik reaksiyaning eng ogʻir koʻrinishlaridan (qarang Allergiya). Penitsillin, streptomitsin, mahalliy ogʻriqni qoldiruvchi vositalar, qoqsholga qarshi va boshqalar zardoblar hamda vaksinalar ham anafilaktik shahriga sabab boʻladi. Anafilaktik Sh. belgilari uni keltirib chiqargan moddaga bogʻliq boʻlmagan holda bir xil — koʻngil aynishi, qusish, qon bosimining toʻsatdan pasayib ketishi, nafasning tez va yuzaki boʻlishi, baʼzan hushdan ketish va boshqalar Koʻpincha teriga toshma (eshakem) toshadi, goho dori yuborilgan joyda shish paydo boʻladi. Baʼzida tovush boylamlari shishib, bemor boʻgʻilib qolishi mumkin.
Anafilaktik Sh. belgilari paydo boʻlganda to vrach yetib kelguncha bemorni yonboshi bilan yotqizib, oyoqlarini bir oz koʻtarib qoʻyish (bu nafas yoʻllaridan bemalol havo oʻtishini taʼminlaydi), lozim boʻlsa, sunʼiy nafas oldirish kerak. Anafilaktik shahrining oldini olish uchun faqat vrach tavsiya etgan dorilardan foydalanish zarur.
Kardiogen shok — miokard infarktining eng ogʻir asoratlaridan biri, yurak sohasida qattiq ogʻriq paydo boʻlganda kuzatiladi. Kardiogen shahrida bemor haddan tashqari darmonsizlanadi, rangi oqarib, labi koʻkaradi, qoʻloyogʻi muzlaydi, yopishqoq sovuq ter chiqadi va koʻpincha hushdan ketadi. Bunday Sh. vaqtida tez tibbiy yordam yetib kelguncha bemorni qimirlatmay yotqizib qoʻyish va orom berish lozim (qarang Miokard infarkti).
Emotsional shok kuchli hayajonlanish, asab va ruhiy zoʻriqishlarda kuzatiladi. Koʻpincha bemorning xulq-atvori oʻzgaradi, u bezovtalanib qichqiradi, yigʻlaydi, baʼzan oʻziga jarohat yetkazadi, yaqinlari, qarindoshlari, qoʻshnilari va notanish odamlarga nisbatan yovuz munosabatda boʻladi. Baʼzi bemorlar yomon eshitadigan, bangi qiyofasiga kirgan va tashqi dunyoni qiyinlik bilan qabul qiladigan odamlarni eslatadi. Boshqa bemorlarda ong bilan birga sezuvchanlik (voqelikni qabul qilish)ning buzilishi hamda hadiksirash va qoʻrqish kabi emotsional holatlar kuzatiladi. Bemorning koʻrinishida oʻzini yoʻqotib qoʻyganlik alomatlari namoyon boʻladi, u tevarakatrofga, qarshisidagi odamlarga qoʻrquv va xavotir bilan qaraydigan boʻlib qoladi. Baʼzan emotsional Sh. isteriya bilan tugaydi (bemor toʻlgʻanib, talvasalanib boshini ura boshlaydi, gʻayritabiiy holatda turib qoladi). Shuning uchun bemor oldiga ortiqcha odam qoʻymaslik, shikast yetkazishi mumkin boʻlgan jismlarni undan bekitib qoʻyish va u bilan yaxshi munosabatda boʻlish kerak. Jiddiy ruhiy oʻzgarishlarga duchor boʻlgan bemorlar kasalxonada davolanadi.
Gemotransfuzion shok bemorga qon gruppasi toʻgʻri kelmaydigan qon quyilganda roʻy beradi. Shuning uchun bemorga faqat vrach koʻrsatmasi boʻyicha qon quyish talab etiladi. shahrining barcha turlarida darhol vrachga murojaat etish kerak.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |