Shokir Sulaymon
Shokir sulaymon (asl nomi Sulaymonov Shokir) (1900, Qoʻqon — 1942.5.9, Toshkent) — yozuvchi, adabiyotshunos va pedagog. 1916-yilda „usuli jadid“ maktabini tugatib, Orenburgdagi „Husayniya“ madrasasida tahsil koʻrgan. Soʻngra Toshkentdagi oʻzbek oʻlka erlar maorif instituti (1920—1922), Moskvadagi ishchilar fti (1922—1924), Oliy pedagogika akademiyasi (1924—1926)da oʻqigan. Respublikaning oʻsha vaqtdagi poytaxti Samarqandga qaytgach, partiya maktabida oʻzbek tili oʻqituvchisi (1926), „Maorif va oʻqituvchi“ hamda „Yer yuzi“ jur.larida masʼul kotib (1927—1930), Oʻzbekiston untida assistent, dotsent (1931—1937), Oʻzdavnashrda muharrir (1938), Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1940— 41). „Qizil qalam“ (1926—1930) adabiy tashkiloti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va uyushmaning Samarqand viloyat boʻlimini tashkil etishda faol qatnashgan. Sh.S. ijodini 1919-yilda sheʼr yozish bilan boshlagan. „Erk kuylari“ (1926), „Gʻalaba marshi“ (1928), „Davr hayqirigʻi“ (1932) sheʼriy toʻplamlari, „Yangi saroy“ (1931), „Oʻtganlarni eslaganda“ (1933) dostonlari, „Achchiq xotiralar“ (1930), „Yangi turmushda“, „Baxtli Halima“ (1931), „Gulasal“ (1933) kabi hikoya, sheʼr va dostonlar muallifi. Oʻzbekiston yozuvchilarining 1qurultoyiga sovgʻa sifatida „Saylanma asarlar toʻplami“ (1934) nashr etilgan. „Qul“, „Qutulish alangasi“, „Qonli devor“, „Sharq qizi“ singari sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatida sochma janrining; „Oq negr“, „Fin Fon“, „Yama ham Hama“, „Hindistonda“, „Butun dunyoga sayohat“ singari asarlari bilan oʻzbek bolalar adabiyotining shakllanishiga hissa qoʻshgan. 1941-yil 27-avgustda „Ittihodi tolibon“ (1918—1919), „Milliy ittihod“ (1919—1922) aksilinqilobiy tashkilotlariga aʼzo boʻlganlik va millatchiliqda ayblanib qamoqqa olingan, soʻng otib tashlangan. 1956-yil 17-sentyabrda oqlangan.
Manbalar
tahrir- Oʻch, T., 1964.
Adabiyotlar
tahrir- Yunusov M., Shokir Sulaymon [Saxiy qalamlar!, T., 1975.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |