Shovun
(Shoquldan yoʻnaltirildi)
Shovun, shoqul — 1) qurilishda — bino va inshootlarning devori, ustuni va boshqalarning tik (vertikal) vaziyatini taxminan aniqlash uchun moʻljallangan binokorlik asbobi. Bir uchiga yuk (tosh, metall) bogʻlangan chilvir (pishiq ip) dan iborat. qadimiy meʼmorlar shoqul deb ham atashgan; 2) tikuvchilikda — dagʻal choklar (mas, qop tikish) uchun i shlatiladigan yoʻgʻon ip, kanop. 3) Geodeziyada-Yer markazidan perpendikulyar chiziq orqali tushurilgan chiziqga aytiladi. Shovun chizig'i yer sirtini, maydonini o'lchash uchun ishlatiladigan yo'nalishlardan biridir.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |