Shor usuli
Shor usuli — metallarning qattiqligini oʻlchash usullaridan biri. Amerikalik ixtirochi va sanoatchi A. Shor ixtiro qilgan (20-asr oʻrtalari). Shor usuli maʼlum balandlikdan tashlangan yengil urgich (mas, poʻlat sharcha)ning sinaladigan metall jism sirtidan sakrab chiqish balandligini oʻlchashga asoslangan. Metallning qattiqlik qiymati urgichning sakrash balandligiga mutanosib shartli birlikda baholanadi. Shor usuli oʻtkaziladigan asbob Shor skleroskopi deb ataladi. Metallarning qattiqligini oʻlchashning Shor usulidan boshqa usullari ham bor (qarang Brinem usuli, Rokvell usuli).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |