Tez tibbiy yordam
Tez tibbiy yordam — inson hayoti hamda sogʻligʻi uchun xavfli holatlar roʻy berganda kechasiyu kunduzi shifoxonagacha koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va tizimi. Ilk bor Tez tibbiy yordam 1918-yil Toshkent shahrida punkt sifatida tashkil etilib, 1926-yil mustaqil Tez tibbiy yordam stansiyasiga, 1974-yil Tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi bilan birlashtirilib, boʻlimga aylantirildi. 1983-yil kasalxonadan ajratilib, mustaqil shahar tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi deb ataldi. Oʻzbekiston Respublikasi Farmoni bilan F-2107. Shoshilinch tibbiy yordam xizmati taʼsis etilib 2001-yildan shoshilinch tibbiy yordam va tez tibbiy yordam tushunchalari ikki xil maʼnoga ega. Tez tibbiy yordamning vazifasi hodisa yuz bergan joyda, uyda, bemorni kasalxonaga olib keta turib shoshilinch, shu jumladan mutaxassis vrach tomonidan yordam koʻrsatish, lozim boʻlsa, bemorlarni kasalxonaga yetkazishni taʼminlashdan iborat. Bundan tashqari, Tez tibbiy yordam xizmati koʻzi yoriydigan ayollarni yoki uyida koʻzi yoriganlarni vrach talabiga koʻra davolash muassasalariga olib boradi. Tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirish uchun yagona 103 joriy etilgan. Tez tibbiy yordamyo. stansiyalari xodimlari mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari, sudtibbiy eksperti xulosalari, shuningdek, bemorlarga yo ularning qarindoshlariga yozma maʼlumotnoma berish huquqiga ega emas. Qishloq joylarida kunning istagan paytida Tez tibbiy yordamyo. koʻrsatish vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklangan. Olis va borish qiyin boʻlgan joylarga sanitariya aviatsiyasi vositalari bilan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladi. Tez tibbiy yordamyo. mashinalari radiolashtirilgan boʻlib, ikki tomonlama telefon aloqasi bilan taʼminlangan, nafas va narkoz berish apparatlari, kislorod ingalyatorlar, elektrokardiograf va boshqa zaruriy asboblar bilan jihozlangan. Yirik shaharlar, jumladan Toshkentda ham ixtisoslashtirilgan maxsus reanimatsion, kardiologik, nevrologik, toksikologik, pediatriya, intensiv terapiya brigadalari va boshqa tashkil etilgan. Bu uyda va yoʻlda keta turib ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga imkon beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda tez tibbiy yordam brigadasi tashrif buyurganda 80 foizdan ortiq holatda bemorlarga shoshilinch ravishda davo choralarini koʻrish uchun shifoxonalarga yetkaziladi. Oʻzbekistonda esa bu koʻrsatkich 15-25 foizni tashkil etadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ўзбекистонда тез тиббий ёрдам хизматида янги тизим йўлга қўйилади“. Bugun.uz. 2021-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-fevral. (Wayback Machine saytida 2021-07-10 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |