Shotutsoy
Shotutsoy — Surxondaryo viloyatidagi daryo. Halqajarning oʻng irmogʻi. Hisor tizmasining jan.gʻarbidan, Xoʻjapiryox choʻqqisi bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 14 km. havzasining maydoni 157 km². Yillik suv sarfi 4,72 m³/sek. Koʻp yillik suv sarfi quyilish joyida 1,82 m’/sek. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi, shu bois doimo sersuv. Sh. vodiysida yovvoyi tok, shuningdek, togʻolcha, oʻrik va boshqalar mevali daraxtlar oʻsadi. Terrasalarda lalmikor dehqonchilik bilan shugʻullaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |