Shovqin oʻlchagich
Shovqin oʻlchagich - tovush (shovqin)ning balandpastligi (qattiqligi) ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Mikrofon, kuchaytirgich, filtrlar va milli asbob — indikatorda iborat. Shovqin oʻlchagich ning umumiy sxemasi, uning xususiyatlari odam qulogʻi xususiyatlariga yakin qilib tanlanadi. Zamonaviy Shovqin oʻlchagich quvvatni ichiga joylashtirilgan batareyalardan oladi. Shovqin oʻlchagichning mikrofoni, elektron sxemasi va indikatori tra, namlik, bosim oʻzgarishlariga nisbatan turgʻun boʻlishi kerak. Shovqin oʻlchovchi asbob - Shumometr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |