Shox
Shox — koʻpchilik tuyoqli sut emizuvchilar boshidagi qattiq oʻsimta, erkak hayvonlarda urgʻochilarini talashib urishganda qurol fazifasini bajaradi. qadimiy qazilma sudralib yuruvchilar (mas, dinozavrlar) da ham shox boʻlgan. Karkidonlarning 1 yoki 2 ta toq shoxi muguzlangan epidermisning konussimon oʻsimtasi, yaʼni burun yoki peshona suyagi boʻrtmasida joylashgan teridan hosil boʻladi. Boshqa tuyoqlilarning juft shoxi peshona suyagi bilan qoʻshilib oʻsgan oʻq sterjenga ega. Quvushshoxlilar shahrining oʻq sterjeni sirtdan gʻovak gʻilof bilan qoplangan, hayoti davomida oʻsadi; jiraflar shoxi yung bilan qoplangan, yumshoq teri gʻilof ichida joylashgan; bugʻular shoxi faqat yosh davrida yumshoq teri bilan qoplangan, keyinchalik teri tushib ketadi. Bugʻularda koʻpincha erkagida (shim. bugʻularida urgʻochilarida ham) shox boʻladi; erkak bugʻuning shoxi almashinib turadi. Yosh oʻtgan sayin bugʻular shoxi kattalashib shoxlanadi. shahrining muguz gʻilofidan har xil ziynat buyumlari, suyak qismidan suyak yogʻi, suyak uni, yelim olishda foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |