Shox aldamchisi
Shox aldamchisi — monoklin amfibollar guruhining eng koʻp tarqalgan jins hosil qiluvchi minerali. taxminan kimyoviy tarkibi Sa2№[M§, Gʻe]4 [A1, Gʻe][(31, A1)40„]2[ON, Gʻ]2. Oksidlangan Shox aldamchisi (Gʻe263yuqori tarkibda) bazaltli, xlor tarkibli turi esa (S1 3% chamasida) dashkesanit deb ataladi. Monoklin singoniyada kristallanadi. Yashil, qora, qoʻngʻir rangdagi choʻziqprizmatik va notoʻgʻri shakldagi donalar, tolali agregatlar hosil qiladi. Qattiqligi 5,5—6; zichligi 3,1—3,3 g/sm3. Moʻrt. Shox aldamchisi intruziv (granodiorit, siyenit, diorit, Shox aldamchisili gabbro), effuziv (andezit, bazalt, porfirit) hamda metamorfik (amfibolit, Shox aldamchisili gneyslar va boshqalar) togʻ jinslari uchun xos. Yaltirashi nometall boʻlib, koʻpincha rangli togʻ jinslarida uchraydi. Shox aldamchisi — nisbatan barqaror mineral, lekin gidrotermal eritmalar taʼsirida xlorit, epidot, kaltsit va kvarsga aylanadi; nurash jarayonida opal, karbonatlar va boshqalar minerallarga parchalanadi. Shox aldamchisi Oʻzbekistonda Hisor togʻlarining jan.gʻarbiy qismida, Qurama, Nurota togʻlari va boshqalar joylarda mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |