Shoxdor qoʻngʻizlar
Shoxdor qoʻngʻizlar, taroqmoʻylovlilar — qoʻngʻizlar oilasi. Moʻylovlari 10 boʻgʻimli, taroqsimon. Uzunligi 10–80 mm, erkagining yuqori jagʻlari kuchli rivojlangan boʻlib, bugʻi shoxiga oʻxshab ketadi (nomi shundan). 800 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan, asosan, tropik mintaqalarda uchraydi. Oʻzbekistonda uchramaydi. Qoʻngʻizlar daraxtlarda yashaydi, oqib chiqadigan daraxt shirasi bilan oziqlanadi. Qurtlari yirik, oqish, egilgan; daraxtlarning chiriyotgan tanasida bir shoxli, yaʼni kichik Shoxdor qoʻngʻizlar va bugʻuqoʻngʻiz koʻproq uchraydi. Chiriyotgan daraxtlarni yemiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |