Shoyi, shohi — ipak mato; 19— 20-asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyoda barcha ipakchilik rivojlangan yirik markaz (Fargʻona, Buxoro va boshqalar)larda ishlab chiqarilgan. shahrining arqoq va tanda iplari bir xil ingichka ipak iplardan iborat boʻlib, sodda toʻqilgan: har bir arqoq ip orasiga tanda iplar tushgan, yuzasi silliq, oʻngtersi bir xilda boʻlgan; eni 33—35 sm, 20-asr 30-yillaridan 50—54 sm ga kengaygan. shahrining gulsiz sidirgʻa va gulli (abr gulli), yoʻlyoʻl, katak gulli xillari maʼlum. Turli ipakchilik markazlarining Shoyilari qalinyupqaligi, gullari, rangi (koloriti) bilan farqlangan. Fargʻona Shoyisi yupqa va pishiqligi, yumshoq va mayinligi bilan boshqa Shoyilardan ajralib turgan; abr gullari toʻlqinsimon yoki uslublashtirilgan novda, gul shaklida, rangi binafsha, sariq, feruza, kulrang. Buxoro Shoyisi qalin toʻqilgan, tanda iplari zichligi tufayli qattiq, gʻijimlanmaydigan hamda suv oʻtkazmaydigan boʻlgan; gullari katta doira, tuxumsimon shakllarda, ikki chetlari qator yoʻllar, 8 yoki toʻlqinsimon chiziqlar bilan hoshiyalangan; rangi koʻproq qizil va sariq, oq, nafarmon, och nastarin, feruza ranglar.

20-asr boshida Samarqand, Toshkentda Fargʻonadan keltirilgan yoʻlyoʻl Shoyi keng tarqalgan; binafsha, qora, oq va tilla rang — sariq yoʻlli shahridan kiyim kiyish urf boʻlgan. shahridan kishilik koʻylaklar, belbogʻ va boshqalar tayyorlangan, erkak hamda xotinlarning zar chopon va baxmal toʻnlari astarlariga, badiiy buyumlar (soʻzana, choyshab va boshqalar)ga ishlatilgan. Shoyi Buxoroda 20-asr boshlarigacha, Fargʻona vodiysida 60-yillargacha ishlab chiqarilgan.

Sayyora Mahkamova.