Spree
(Shpredan yoʻnaltirildi)
Spree — Germaniyadagi daryo, Xafel daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 398 km, havzasining maydoni 10,1 ming km². Sudet togʻlaridan boshlanib, Shimoliy Germaniya pasttekisligida keng va botqoqlangan vodiydan oqadi. Bahorda sersuv. Oʻrtacha suv sarfi 40 m³/sek. Kema qatnaydi. Sh. boʻyida Berlin, Kotbus shahrilari joylashgan.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |