Shtraux to‘garakboshi
Shtraux to‘garakboshi ( lotincha: Phrynocephalus strauchi) — toshkaltakesaklar oilasiga mansub kaltakesaklar turkumiga kiruvchi Markaziy Farg‘ona (Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston)[1] cho‘l biotoplarida yashovchi jonivor. Rus zoologi Aleksandr Strauch (1832-1893) sharafiga shunday nomlangan.
Shtraux to‘garakboshi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sudralib yuruvchilar |
Oila: | Agamidae |
Urugʻ: | Phrynocephalus |
Turlari: | Shtraux to‘garakboshi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Phrynocephalus strauchi Nikolsky, 1899 |
Bugungi kunga kelib, tabiiy yashash joyining vayron bo‘lishi natijasida u o‘zining asl hududining ko‘p qismidan mahrum bo‘ldi. Har xil turdagi hasharotlarni ovlaydi. Ular xavf tug‘ilgan mahalda yashirinadigan teshiklarni qazishadi. Tana uzunligi (dumidan tashqari) - 5 sm.dan oshmaydi. Tananing yuqori qismi kulrang, kichik dog‘lar va chiziqlar bor, pastki qismi yorqin yashil, erkaklarda jigarrang-yashil rangga ega bo‘lgan dumi bundan mustasno. Urg‘ochilarda esa jigarrang-sariq tusda bo‘ladi. Bahorning oxiri va yozning boshlarida urg‘ochilar 2-3 ta tuxum qo‘yadi, ulardan yosh kaltakesaklar 35 kundan keyin tuxumni yorib chiqadi. Shtraux to‘garakboshiO‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[2] .
Yashash joyi
tahrirCho‘lning siyrak o‘t va butasimon o‘simliklari, Cho‘llarning o‘tbutalari siyrak, qumi qisman va to‘liq mustahkamlashgan qismlari, qumoq taqir va sho‘rxok yerlarda uchraydi.
Soni
tahrir1960-1970-yillari lokal populyasiyalarda bahor paytida gektariga 12 tagacha, kuzda esa 48 tagacha qayd qilinar edi. 1999-yili Yozyovon tabiiy yodgorligi hududida gektariga 8–11 ta, 2008-yili Jumashuy qishlog‘i yonida esa 10 tadan 60 tagacha hisobga olingan. Hozirda aksariyat yashash joylarida yo‘q bo‘lib ketgan.
Hayot tarzi
tahrirMart–oktyabr oylarida faol hayot kechiradi. O‘z inida jon saqlaydi va qishlaydi. Juftlashishi mart-aprel oylarida sodir bo‘ladi. Bir yilda 2 marta – may–iyun oylarida – 3–4 tadan tuxum qo‘yadi. Bolalari iyun–avgustda tuxumdan chiqadi va keyingi yil bahorda jinsiy voyaga yetadi. Mayda hasharotlar va o‘rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.
Tarqalishi
tahrirFarg‘ona vodiysi. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari.
Muhofaza choralari
tahrirSaqlanib qolgan barcha lokal populyasiyalarini aniqlash, muhofazasi va tutqun sharoitda ko‘paytirishni tashkil etish lozim.
Manbalar
tahrir- ↑ „Phrynocephalus strauchi NIKOLSKY, 1899“. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-noyabr.
- ↑ „Круглоголовка Штрауха — Phrynocephalus strauchi Nikolskij, 1899“. 2019-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-noyabr.
3. Круглоголовка Штрауха — Phrynocephalus strauchi Nikolskij, 1899. Дата обращения: 15 ноября 2019. Архивировано 15 ноября 2019 года.