Shtrek
Shtrek (nem. — masofa) — gorizontal yoki bir oz enkaytirib qazilgan yer osti kon inshooti, yer yuzasiga bevosita chiqish yoʻliga ega boʻlmaydi. Odatda, foydali qazilma yoki jins qatlamlarining yoʻnalishi boʻylab kavlanadi. Qanday maqsadda kavlanganligi va joylashishiga qarab Sh. tashib chiqaruvchi, suv oqizuvchi, ventilyatsion va koʻtariluvchi (qatlamning koʻtarilishi boʻyicha kavlangan), diagonal (tashib chiqaruvchi Sh.larni oʻzaro diagonal bilan bogʻlaydigan) turlarga boʻlinadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |