Shuhrat Eshboʻtayеv

oʻzbekistonlik futbolchi

Shuhrat Moʻsinovich Eshboʻtayev (ruscha: Ишбутаев, Шухрат Мусинович; 2-fevral, 1959-yil, Navoiy – 1979-yil 11-avgust, Kamians[1]) – Sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyalarida oʻynagan[2].

Shuhrat Eshboʻtayеv
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shuhrat Moʻsinovich Eshboʻtayеv
Tavallud sanasi 8-fevral 1959-yil
Tavallud joyi Navoiy
Vafot sanasi 11-avgust 1979-yil(1979-08-11)
(20 yoshda)
Vafot joyi Kamianske Dnepr
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
G.Ruor. Titov
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1978 Xonqa Yangiariq - (-)
1978—1979 Paxtakor 8 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya

tahrir

Shuhrat Navoiy futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning birinchi murabbiyi Aleksandr Zarbeyev boʻlgan. Keyinchalik Toshkentdagi G. R. Titov (hozirgi Respublika olimpiya zahiralari kolleji) maktab internatida, murabbiy Guram Daraseliy qoʻl ostida tahsil olgan. Futbol internatini bitirganidan soʻng „Paxtakor“ jamoasi oʻrinbosalar tarkibiga jalb etilgan[3]. 1978-yilda Eshboʻtayev ilk bor „Paxtakor“ning asosiy tarkibida maydonga tusha boshlagan. 1979-yilda oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida ham oʻynab, 5 ta gol urdi va 1979-yilgi mavsum oʻrtalaridan boshlab „Paxtakor“ klubining asosiy tarkibida maydonga tusha boshlagan va 8 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Bugun “Paxtakor-79” fojeasiga 42 yil to‘ldi“. 2023-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  2. „Ularning eng kichigi 19 yoshda edi. 44 yil ilgari halokatga uchragan “Paxtakor-79”ni xotirlab“. 2023-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  3. „25 yil muqaddam Toshkentning “Paxtakor” jamoasi futbolchilari aviahalokatda vafot etgan edi.“. 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.

Havolalar

tahrir