Shuhrat Mamajanov (huquqshunos)

Shuhrat Muratovich Mamadjanov (1979-yil 2-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – huquqshunos va siyosatchi, 3-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, adliya organlari va muassasalarining „2-darajali adliya maslahatchisi“ darajasiga ega.

Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-fevral 1979-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi
Taʼlim Toshkent davlat universiteti
Kasbi huquqshunos, siyosatchi
Ilmiy unvoni magistr

Tarjimai holi

tahrir

Bolaligi va taʼlimi

tahrir

Shuhrat Mamajonov 1979-yil 2-fevralda Oʻzbekiston SSR Toshkent shahrida tugʻilgan.

Mamajanov 1995-yilda Toshkent shahridagi 18-maktabni tamomlagan. 2002-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti (sobiq Toshkent davlat universiteti) yuridik fakultetining huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha bitirgan. 2004-yilda shu universitetning magistraturasini bitirgan.

Karyerasi

tahrir

20052012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining jinoyat, maʼmuriy va ijtimoiy Qonunchilik boshqarmasida turli lavozimlarida ishlagan.

Shuhrat Mamajanov 2012-yil noyabrdan 2015-yil yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining jinoyat, maʼmuriy va ijtimoiy Qonunchilik boshqarmasi boshligʻi boʻlgan[1].

Shuhrat Muratovich 2014-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining III chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2015–2019-yillarda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi va korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan[2].

Mukofotlari

tahrir

Shuhrat 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan „Sodiq xizmatlari uchu“ medali bilan mukofotlangan.

2016-yil „Oʻzbekiston Mustaqilligiga 25 yil“ koʻkrak nishoni, 2017-yil „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ koʻkrak nishoni, 2022-yil „Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil“ koʻkrak nishoni hamda shu yili „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Oilasi

tahrir

Shuxrat oilali, ikki nafar farzandi bor.

Manbalar

tahrir
  1. [https://lex.uz/ru/docs/4494037?ONDATE=26.07.2019%2000 „СОВМЕСТНОЕ ПОСТАНОВЛЕНИЕ КЕНГАША ЗАКОНОДАТЕЛЬНОЙ ПАЛАТЫ ОЛИЙ МАЖЛИСА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И КЕНГАША СЕНАТА ОЛИЙ МАЖЛИСА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН“]. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  2. „ОСВЕЩЕНИЕ В СМИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДЕПУТАТОВ В ИЗБИРАТЕЛЬНЫХ ОКРУГАХ“. 2023-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.