Shukur Burhonov (1910.15.9 Toshkent — 1987.14.8) — Oʻzbekiston xalq artisti (1940). 1928-yildan Hamza teatrida ishlagan. 30-yillar koʻproq oʻz zamondoshlari rollarini ijro etdi: Hamza asarlaridagi Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Odilbek ("Xolisxon") obrazlarida aktyorning yangi qirralari ochildi. Urush yillari Oleko Dundich ("Oleko Dundich"), Battol ("Muqanna"), Jaloliddin ("Jaloliddin Manguberdi"), urushdan keyin general Sobir Rahimov ("General Rahimov"), Maksimov ("Dengizchilar uchun") kabi rollarni oʻynadi. Keyinchalik romantik aktyor, fojiaviy rollarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozonib, chuqur falsafiy mazmunga ega boʻlgan obrazlar yaratdi: Hamlet, Romeo, Brut ("Hamlet", "Romeo va Julyetta", "Yuliy Sezar"), Voynitskiy ("Vanya togʻa"), Mirzo Ulugʻbek ("Mirzo Ulugʻbek"), shoh Edip ("Shoh Edip"), Sulaymon ota ("Qiyomat qarz") va boshqa gʻoyaviy, psixologik va plastik jihatdan toʻlaqonli, romantik hissiyoti, koʻtarinkiligi bilan ajralib turadigan monumental fojiaviy rollardir. Ayniqsa Shoh Edip roli bilan B. sahnada katta iz qoldirdi. Undagi tashvish, dard, iztirob, tugʻyon sahnamasahna kuchayib boradi. Aktyor bunday kuchli dramatizmga, fojiaviylikka ichki kechinmalar, bosiq harakatlar, xilmaxil maʼnolarni anglatuvchi boqishlar va kuzatishlar, oʻziga xos dardli va musiqaviy nutqtufayli erishdi. Edip rolida aktyorlik sanʼatidagi intellektuallik, emotsionallik, romantik joʻshqinlikni bir-biriga payvand qilib, ilohiy va azaliy qismatlarni faol inkor etuvchi, jamiyat faravonligi va insoniy fazilatlar uchun kurashuvchi buyuk inson obrazini yaratdi. Hamlet obrazida esa qaynoq qalbli, joʻshqin, qudratli inson sifatidagi fazilatlarni mohirona talqin etdi. B. ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmunga toʻla, ufqi keng, koʻp qirrali. U romantik, fojiaviy dramatik, lirik harakterdagi va hatto satirik rollarning mohir ijrochisi. Aktyor qanday rol oʻynamasin inson takdiri va uning ijtimoiy muhit bilan munosabatini haqqoniy tasvirlashga erishdi.

Shukur Burhonov
Tavalludi 15-sentyabr 1910-yil
Vafoti 14-avgust 1987-yil(1987-08-14)
(76 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Mukofotlari

B. oʻzbek kino sanʼati taraqqiyotiga ham katta hissa qoʻshdi. U yaratgan Qorabotir ("Tohir va Zuhra"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Shoh Kalin ("Ilya Muromes"), Qalandarov ("Sinchalak"), Mirzo Ulugʻbek ("Ulugʻbek yulduzi"), Matniyoz ("Uzoqyaqin yillar"), Husan ota ("Bardosh") kabi rollari rangbarangligi, ijro mahorati, obraz talqinining mukammalligi bilan jahon kino sanʼatida yuqori baholangan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1965).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot

tahrir
  • Olidor O., Shukur Burxanov, M., 1952; Teshabayev Dj., Geroykrupnim planom, T., 1972; Rahmonov M., Silmilshteyn T., Shukur Burhonov, T., 1974.

Havolalar

tahrir