Shukurboy inoq madrasasi
Shukurboy inoq madrasasi — Samarqand madrasasi. Shukurboy inoq madrasasi XVII asrning birinchi yarmida Samarqandda bunyod etilgan boʻlib, 11 hujrali boʻlgan[1]. Madrasada 1 nafar mudarris talabalarga dars oʻtgan. Dargohda 1 nafar sartarosh, 1 nafar farrosh, 1 nafar meshkobchi faoliyat koʻrsatgan. Mazkur madrasada 22 nafar talaba tahsil olgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Shukurboy inoq madrasasining vaqf hujjatlari mavjud. Madrasa 2-darajali oliy toifali oʻquv dargohlaridan biri hisoblanadi. Shukurboy inoq XVII asrning birinchi yarmida Imomqulixon davrida Buxoro xonligi saroyida xizmat qilgan. Shukurboy davlat ishlarida inoq lavozimida faoliyat yuritgan. Inoq oliy hukmdorning maslahatchisi va ishonchli kishilaridan biri boʻlgan. Bu davrda Shukurboy davlatga xizmatlari uchun yuqori baholanib inoq darajasiga koʻtarilgan. Turkiyda inoq soʻzi „ishonch“, „yaqin“ maʼnolarini anglatadi. Davlat boshqaruvida ulugʻ inoq (inoqi kalon) va kichik inoq (inoqi xoʻrd) lavozimlari mavjud edi. Ulugʻ inoq saroyda koʻkaldosh va qoʻshbegidan (yo kulli qoʻshbegi) keyingi darajada turardi. U xavfsizlik masalalari va amirlar darajasidan quyidagi amaldorlar faoliyati nazorat qiluvchi muhim shaxs edi. Harbiy harakat chogʻida xon yonida yurgan, qoʻshin va aholi oʻrtasidagi munosabatni kuzatib borgan. Ushbu oliy oʻquv yurti tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar fikriga koʻra Samarqanddagi Sherdor madrasasi bilan qariyib bir vaqtlarda qurilgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan[2].
Madrasa | |
Shukurboy inoq madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Shukurboy inoq |
Homiylar | Shukurboy inoq |
Binokorlik | XVII asrning birinchi yarmi—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 11 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Meʼmorchiligi
tahrirShukurboy inoq madrasasi 11 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.