Shults Viktor Lvovich (1908.15.8, Samara shahri — 1976.7.5, Toshkent) — gidrolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958). Geografiya fanlari doktori (1948), professor (1949). Oʻzbekiston geografiya jamiyatining prezidenti (1959—72). Samarqanddagi Oʻzbekiston paxtachilik institutini tugatgan (1932). 1933—38 yillarda Toshkent gidrometeorologiya xizmati gidrologiya boʻlimining ilmiy rahbari, 1937-yildan Oʻrta Osiyo universitetida dotsentabr Quruqlik gidrografiyasi kafedrasi mudiri (1949—72), professorkonsultanti (1973—76). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda togʻ gidrologiyasini oʻrganishga bagʻishlangan.

Manbalar

tahrir
  • Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969 (R.R.Mashrapov bilan birga); Reki Sredney Azii, ch. 12, L., 1965.