Shulxa
Shulxa (rus. sheluxa — qobiq, poʻchoq) — chigitdan moy olishda chiqadigan qoʻshimcha mahsulot; chorva mollari uchun ozuqa. 1 t chigitdan 300 kg atrofida Sh. olinadi. Tarkibida 4—6% oqsil, 2—3% yogʻ, 37% azotsiz ekstraktiv moddalar va 43% kletchatka, 0,02% erkin gossipol bor. 1 kg shahrida 0,21 ozuqa birligi, 10 g oqsil, 1,9 kaltsiy va fosfor, 0,02—0,05% zaharli yoki zararli modda boʻladi. Gidroliz sanoatida 1 t shahridan 85 l spirt, 300 kg linolit (qurilish plitalari), 28 kg karbonat angidrid, 20 kg sirka kislota va boshqalar olinadi. Sh. asfaltlangan ochiq maydonlarda bunt holida saqlanadi, saqlash muddati 6 oydan oshmasligi kerak. Shu muddat oʻtgach, uning sifati tekshirib turiladi (qarang Yogʻmoy sanoati).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |