Shumanay
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Shumanay — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumanidagi shahar, tuman markazi. Nukusdan 75 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi —Qorabayli (22 km). Aholisi 30,2 ming kishi (2014). Aholisi va xoʻjaliklari Shumanay kanalidan suv oladi. Mahalliy tarixchilarning maʼlumotlariga koʻra, Shumanay Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilib turgan paytlarida va undan keyingi, Aybuyir (Jampiqqalʼa) etagi orqali Orol dengiziga quyilgan davrlarda bir qadar yirik aholi punkti boʻlgan. Amudaryo oʻzanini oʻzgartirgandan keyin Shumanay hududi choʻlga aylangan va bir asrga yaqin qalin changalzor boʻlib yotgan. 1940-yillarning boshidan Shumanay hududiga hozirgi Navoiy viloyatining Tomdi, Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanlaridan yeri unumsiz boʻlib qolgan qishloqlar aholisi, qoʻychilik bilan shugʻullanuvchi chorvadorlar koʻchib kelishgan.
Shumanay | |
---|---|
shahar | |
42°38′19″N 58°55′2″E / 42.63861°N 58.91722°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
{{{mintaqa_turi}}} | Qoraqalpogʻiston |
Hukumat | |
Asos solingan | 1926 |
Avvalgi nomlari | shomanay |
67 m | 67 m |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | Qoraqalpoq tili |
Aholisi (2014) |
25 400 |
Milliy tarkib | qoraqalpoqlar, oʻzbeklar, qozoqlar, turkmanlar |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar, Xristianlar v.h |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 6134 |
Avtomobil kodi | 95 |
|
shahrida "Shumanay momigʻi" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli paxta tozalash zavodi, gʻisht zavodi, xoʻjaliklararo koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, qurilish-taʼmirlash boʻlinmasi, qishloq qurilishtaʼmirlash korxonasi bor. Avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Umumiytaʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, 3 kasb-hunar kolleji, bioekosan markazi, kasb-hunar oʻrganish markazi mavjud. Madaniyat saroyi, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, sport majmuasi va boshqalar sport inshootlari bor. Markaziy tuman kasalxonasi va uning boʻlimlari, poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tumanda 14 ta qishloq bor.
Iqlimi
tahririqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha maksimal, °C | 4 | 5 | 9 | 16 | 21 | 26 | 28 | 26 | 25 | 17 | 11 | 7 | 16,7 |
Oʻrtacha minimal, °C | −4 | −3 | 2 | 8 | 11 | 15 | 17 | 16 | 11 | 6 | 2 | −2 | 6,6 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 11 | 9 | 16 | 17 | 10 | 7 | 4 | 6 | 10 | 13 | 16 | 14 | 133 |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |