Shuturangur
Shuturangur — xalq seleksiyasida chiqarilgan oʻrtapishar xoʻraki va mayizbop uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Vatani Oʻrta Osiyo. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi yirik, oʻrtacha kertikli, biroz toʻrsimon burishgan. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik (boʻyi 24—25 sm, eni 18—20 sm), oʻrtacha ogʻirligi 450—600 g, 700—1200 g keladiganlari ham uchraydi, gʻujumi yirik, ovalsimon, toʻq qizil, eti tigʻiz, karsillaydi, poʻsti yupqa. Tarkibida qand miqdori 20—22%, nordonligi 4— 4,5%. Hosili faol harorat yigʻindisi 32003700*da 150—153 kunda, avgust oxiri — sentyabrning 1-yarmida pishib yetiladi. Hosiddorligi 80—120 s/ga. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi, konserva qilinadi. Uzoqjoylarga yuborishga chidamli.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |