Shvedlar — xalq, Shvetsiyaning asosiy aholisi (8,06 mln. kishidan ortiq). Umumiy soni 9,4 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari) Shved tilida soʻzlashadi. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuteranlar). Shved xalqi mil. 1-ming yillikda Skandinaviyada yashagan shim. german qabilalari (svionlar, gautlar, yotlar va boshqalar) bilan birlashish natijasida, ilk oʻrta asr Shved davlatining shakllanish davrida (9—11-asrlar) tarkib topgan. Shvedlar etnogenezida finlar va saamlar maʼlum rol oʻynagan. Shvedlar, asosan, sanoatda, qisman qishloq xoʻjaligida band.