Shvetsiya va Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (inglizcha: North Atlantic Treaty Organization, qisqartma shakli: NATO) yaqin munosabatlarga ega va muntazam ravishda qoʻshma mashgʻulotlar olib boradi, tinchlikparvarlik operatsiyalarda hamkorlik qiladi va maʼlumot almashadi.[1][2] Shvetsiya 2024-yil 7-martida NATO tarkibiga kirdi, unga qadar ushbu tashkilot aʼzosi boʻlmagan Yevropa Ittifoqining beshta aʼzosidan biri edi. Shvetsiya 1994-yil 9-mayda Tinchlik yoʻlidagi hamkorlikka qoʻshildi [3]

Tarixan, Shvetsiya aholisining bir qismi NATOga aʼzo boʻlish tarafdori boʻlgan, biroq aʼzolik masalasi 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan ancha ommalashdi va Shvetsiya hukumati 2022-yil 18-mayda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza berdi. 2022-yil 5-iyulda NATO Shvetsiyaning alyansga qoʻshilish protokolini imzoladi va ushbu protokol sentyabr oyigacha deyarli barcha NATOga aʼzo davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilindi.[4] Ammo Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish talabi tasdiqlanishidan oldin talab qilinadigan oxirgi ikki ratifikatsiya hujjati Vengriya va Turkiya tomonidan tasdiqlanishi kerak va hozirda ushbu jarayon 2023-yilning kuzida boʻlishi kutilmoqda.[5][6]

Napoleon urushlaridan keyin Shvetsiyaning betarafligi

tahrir

19-asrda (1800-yillar) Shvetsiya betaraflik siyosatini qabul qildi chunki Shvetsiyaning Napoleon urushlarida ishtirok etishi natijasida mamlakat hududining uchdan bir qismini(Asosan Finlandiya hududini) Rossiyaga boy bergan va shu jumladan ancha yoʻqotishlarga ham ega edi. Shu vaqtdan boshlab Finlandiya 1917-yilda mustaqillikka erishgunga qadar Rossiya mustamlakasi boʻlib qoldi. Doimiy ravishda Napoleonga qarshi siyosat olib borgan va shu tariqa urushga sabab boʻlgan Shvetsiya qiroli Gustav IV Adolfga nisbatan norozilik kuchaydi va 1809-yilda davlat toʻntarishini keltirib chiqardi. Napoleon urushlari davridan beri Shvetsiya hech qanday toʻgʻridan-toʻgʻri qurolli toʻqnashuvni boshlamagan va mamlakat hatto Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlarida ham betaraflik siyosatini afzal koʻrdi.

1949–1995: Sovuq urush davrida Shvetsiyaning betarafligi

tahrir

1949-yilda NATO tashkil topganida, Shvetsiya ushbu ittifoqga qoʻshilmaslikni tanladi. Shuningdek Sovuq urush davrida Gʻarb bilan koʻpgina hamkorlik qilganiga qaramay, betaraflik siyosatini saqlab qoldi.

2022–2023 yillardagi aʼzo boʻlish jarayoni

tahrir
 
AQSh prezidenti Jo Bayden Finlandiya prezidenti Sauli Niinisto va Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson bilan 2022-yil,19-may

2022-yil 17-mayda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde Finlandiyaning NATOga aʼzo boʻlish niyatidan keyin [7] Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini imzoladi.[8] 2022-yil 18-may kuni har ikkala davlat ham NATOga aʼzo boʻlish uchun rasman ariza topshirdi.[9][10] Yevropa Ittifoqi Finlandiya va Shvetsiyaning NATO aʼzoligini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi [11] va shuningdek 2022-yil may oyida Portugaliya hukumati Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlishini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.[12] Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlishiga qarshiligini bildirib, Turkiya hukumati ularning arizasini qoʻllab-quvvatlashi mumkin emasligini aytdi.

  1. Kirby. „Finland and Sweden's historic NATO bids, explained“. Vox (2022-yil 17-may). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Relations with Sweden“. NATO (2022-yil 14-aprel). 2022-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-may.
  3. „Signatures of Partnership for Peace Framework Document“. NATO (2020-yil 27-mart). 2021-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-may.
  4. Ott. „NATO allies sign accession protocols for Finland and Sweden in 'truly historic moment'“ (en-US). CBS News (2022-yil 5-iyul). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  5. Coskun, Orhan; Toksabay, Ece. „Erdogan to put Sweden's NATO ratification to Turkish parliament in autumn“. Reuters (2023-yil 12-iyul). 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Hungary signals it's likely to back Sweden's NATO bid in autumn“. Reuters (2023-yil 13-iyul). 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Swedish foreign minister signs Nato application“. The Local Sweden (2022-yil 17-may). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  8. Wahlgren, Jennie. „Sverige ansöker om Natomedlemskap“ (sv). SVT Nyheter (2022-yil 16-may). 2022-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  9. „Finland and Sweden formally apply for NATO membership“. The Washington Post (2022-yil 18-may). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Finland and Sweden submit applications to join NATO“. NATO (2022-yil 18-may). 2022-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  11. „AB, Finlandiya ve İsveç'in NATO başvurusuna desteğini yineledi“ (tr). Anadolu Ajansı (2022-yil 17-may). 2022-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-dekabr.
  12. „Portugal backs Finland and Sweden joining NATO“ (en). portugal.gov.pt (2022-yil 18-may).