Sianidlar
Sianidlar — sianid kislota (HCN) tuzlari. Umumiy formulasi MeCN (bu yerda Me — 1 valentli metall). Koʻpchilik oddiy S. rangsiz. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning S.i suvda eriydi. Ogʻir metallarning S.i (simob sianiddan tashqari) suvda oz eriydi. S. oksidlanganda sianatlar hosil qiladi. S. oltin va kumushni rudalardan ajratib olishda, fotografiyada qoʻllanadi. S. juda zaharli.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |