Sichuan soyligi
(Sichuan Soyligidan yoʻnaltirildi)
Sichuan soyligi, Qizil havza — Xitoydagi soylik, asosan, Yanszi daryosi oʻrta oqimining chap sohilida. Maydoni 200 ming km². Bal. 400– 500 m (chekka qismi 1000 m gacha). Qizil rangli qumtoshlar va boshqa choʻkindi jinslarning qalin qatlami bilan toʻlgan. Kumir va tosh tuzi konlari bor. Janubiy ga qaragan zinapoyasimon amfiteatr koʻrinishida. Iklimi subtropik mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10°, iyulniki 29°. Yillik yogʻin 800– 1750 mm. Atrofidagi togʻlar yon bagʻirlari keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bilan qrplangan. Qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Mamlakatning muhim qishloq xoʻjaligi rayoni (sholi, bugʻdoy, choy, tamaki, sitrus mevalar ekiladi). Yirik shaharlari — Chunsin, Chendu.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |