Siderik aylana davri (lotincha sidus – yulduz; qaratqich kelishik – sideris) – Yulduzlarga nisbatan qaysidir samoviy yoʻldosh jism asosiy jismning atrofida toʻliq aylana bajargan vaqt oraligʻi. Siderik aylana davri tushunchasi Yer atrofida aylanuvchi jismlarga nisbatan qoʻllanadi – aniqrogʻi Oyga(siderik oy) va sunʼiy yoʻldoshlarga, xattoki Quyosh atrofidagi aylanuvchi sayyora, kometa va boshqalarga ham qoʻllanadi.