Sifonoforalar
Sifonoforalar (Siphonofora) - gidrozoylar sinfiga mansub boʻshliqichlilar kenja sinfi. Koloniya boʻlib erkin suzib yuruvchi dengiz hayvonlari. Koloniyasi umumiy poyada oʻrnashgan polipoid va meduzoid individlardan iborat. Koʻpchilik S. nayel almashinmasdan koʻpayadi. S. koloniyasi shakli oʻzgargan meduzalar — nektoforlar, oziqlantiruvchi gastroozitlar, uzun paypaslagichlar — arqonchalar, jinsiy yunozoidlar, ximoya qiluvchi palponlardan iborat. Nektoforlar qisqarib, koloniyani harakatga keltiradi. Gastrozoidlar oziqni hazm qiladi. Arqonchalar oziqni tutish va hazm qilish, gonozoidlar jinsiy koʻpayish vazifasini bajaradi. Koloniya tepasida joylashgan suzuvchi pufak — pnevmatoforga maxsus bezlardan gaz ajralib chiqadi. Pnevmatofor koloniyani tik ushlab turadi. Jinsiy koʻpayadi; kurtaklanib koloniya hosil qiladi. 170 ga yaqin turi bor. Barcha okean va ochiq dengizlarda, suv yuzasidan boshlab 5000 m chuqurlikkacha yashaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |