Sigʻnoq
Sigʻnoq, subo — mil. 2—5-asrlardagi xitoy manbalarida tele deb nomlangan 44 ta turk kabilasidan biriningnomi. Turk xoqonligi tashkil topguncha chibni, boʻrji, aziy, oʻgʻuz, kirgiz, irtish, unigʻur kabi qabilalar bilan birga Tangritogʻ (Tyanshan) etaklaridagi yaylovlarda yashagan. Turk xoqonligi tashkil topgach, uning fuqaroligiga oʻtib turk deb atala boshlagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |