Sikoz (yunoncha: sykosis – uzum gʻujumi) – soch follikulasining yalligʻlanishi boʻlib, asosan erkaklarda, koʻproq yuzning soch soqol hamda moʻylovli qismida uchraydi. Kelib chiqishiga koʻra, stafilokokkli (oddiy) yoki zamburugʻli (parazitar) sikoz farq qilinadi. Stafilokokkli yoki oddiy sikoz surunkali kechadm va botbot qoʻzib turadi. Sikozda oʻrtasi tukli kichik maddalar paydo boʻlib, baʼzi joylarini yiringli qasmoq bosib, suvlanib turadi, bir oz ogʻriydi. 2—3 kundan soʻng yiring qotib pust bilan krplanadi, keyinchalik pust tushib ketib, oʻrnida yana yiringli maddalar paydo boʻladi. Stafilokokkli sikoz terining ifloslanishi, buruntomoq boʻshligʻidagi turli surunkali kasalliklar, shuningdek, endokrin bezlar va nerv faoliyatining buzilishlaridan kelib chiqadi. Kasallik oylab, baʼzan yillab davom etadi. Bunda bemorning terisi tortishib, achishib ogʻriydi. Ayniqsa, zararlangan soha yuzda boʻlganida bemorning ruhiy holati oʻzgaradi. Kasallikning kechishi va belgilariga qarab davo tayinlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil