Sileziya (polyakcha Slask, chexcha Slezsko, nem. Schlesien) — Odra daryosining yuqori va oʻrta oqimi boʻyidagi tarixiy viloyat. 10-asrda Polsha davlati tarkibida, 14-asrda — Chexiya taxtiga tegishli hudud. 1526-yildan Sileziya Gabsburglar hukmronligi ostida (Sevej, Osvensim, Zatorsk knyazliklaridan tashkari), 1742-yildan — Prussiya tarkibida (Opava, Teshin knyazliklari hududi Gabsburglar qoʻlida qolgan, 1920-yil esa, Chexoslovakiya tarkibiga kirgan). Prussiyaning Sileziya viloyati 1919-yil 2 viloyat: Yuqori Sileziya [markazi — Oppeln (Opole)] va Quyi Sileziya [markazi — Breslavl (Vrotslav)]ga boʻlingan. 1922-yil Yuqori Sileziyaning taxminan 1/3 qismi Millatlar Ligasi Kengashi tomonidan Polshaga berilgan. 1945-yilgi Potsdam konferensiyasi Sileziya hududining katta kismini Polshaga kaytargan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil