Siljima
Siljima — Yer poʻstidagi tektonik uzilma. Tektonik kuchlar taʼsirida togʻ jinslari yaxlitligining buzilishi natijasida ajralgan bloklarning birbiriga nisbatan uzilma tekisligi boʻylab gorizontal yoʻnalishda surilishi. Surilish yuzasi tik, qiya va gorizontal yotgan boʻlishi mumkin. Oʻng tomonlama va chap tomonlama S. boʻlib, ularning birinchi turida kuzatuvchi qarshisidagi blok oʻng tomonga va ikkinchisida esa chap tomonga surilgan boʻladi. Surilish yuzasi boʻylab harakatlanuvchi gidrotermal eritmalardan rudali minerallarning choʻkmaga utishi sababli foydali qazilma konlari hosil boʻlishi mumkin. Siljimalarda bloklarning surilish amplitudasi bir necha sm dan oʻnlab km gacha boʻlishi mumkin. Oʻrta Osiyodagi eng yirik S. struktura TalasFargʻona chuqur yer yorigʻidir.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |