Silos inshootlari
Silos inshootlari - silos bostirish. saqlash uchun foydalaniladigan qurilmalar. Asosiy vazifasi — silos massasini havo, suv kirishdan, muzlab qolishdan saqlash. Asosan, transheyalar va minoralar koʻrinishida, chorvachilik fermalariga yaqin joyga quriladi. Joyning gidrogeologik sharoitlariga qarab yer usti, yarim chuqur va chuqur transheyalar (uning devori balandligi yerdan 70 sm koʻtariladi) qilinadi. Yer usti transheyalari (devori balandligi kamida 3 m) tekis, yer osti suvi yuza, yarim chuqur va chuqur transheyalar (devori bal. 3,6 m, tubi eni 9 m; xajmi 500–4000 m³) yer osti suvi chuqur yerlarga quriladi. Baʼzi fermalarda diametri 9,15 m, bal. 24 m, hajmi 1600 m³ boʻlgan BS 9,15 markali temirbeton minoralar quriladi. Bu silos minoralarga pnevmotransportyor orqali tepa qismidan silos (senaj) massasi bosim bilan yuboriladi, bosim natijasida u oʻz ogʻirligi bilan zichlanadi.
Transheyalarning kattakichikligi bostiriladigan silosning miqdoriga, chorva mollarining soniga qarab belgilanadi. Bir transheyaga silos bostirish 4—5 kunda tugallanishi kerak. Kattakichikligiga qarab 250—3000 t koʻk massa ketadi. Silos inshootlarining konstruksiyasi suv oʻtkazmaydigan, sut va sirka kislotalari taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak. Ichki devorlari beton, temirbeton, gisht va boshqalardan, osti albatta betondan qilinadi. Yer osti suvi yuza boʻlgan (2–3 m) joylarda yer ustiga beton transheyalar oʻrnatib, uning sirt tomonidan tirgaklar qoʻyiladi va tirgaklar oraligiga silos qishda muzlab qolmasligi uchun tuproq bostiriladi. Qulayligi va kam mehnat talab kilishi tufayli transheyalardan Oʻzbekistonda ham keng foydalaniladi. 20-asrning 90y.laridan Oʻzbekistonda oʻtkazilgan iqtisodiy isloxrtlar va xususiylashtirish jarayonida yirik chorvachilik komplekslari oʻrnida kichik fermalar paydo boʻldi. Shunga muvofiqholda tubining eni 4–5 m, yuqori eni 5–6 m, bal. 2,5–3 m, uz 25 m boʻlgan transheyalar ishlatilmoqda.
Roʻshmat Hamroqulov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |