Simfoniya
Simfoniya (qadimgi yunoncha: συμφωνία — „ohangdoshlik“) — simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yoʻnalishidagi cholgʻu musiqaning oliy shakli. Simfonik orkestr ijrosiga moʻljallangan; baʼzi simfoniyalarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan tashqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va boshqa orkestrlarga muljallangan Slar ham uchraydi. Simfoniyaning mumtoz shakli umumiy gʻoya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni tashkil etadi: 1-qismi — mavzularning qarama-qarshiligi hamda jadal rivoji bilan bogʻliq boʻladi; 2-qismi — lirik chekinish vazifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso harakterida yoziladi; 4-qismi — koʻpincha tantanavor, joʻshqin xotimadir.
„Simfoniya“ atamasi Yevropa mamlakatlarida turli maʼnolarda qoʻllangan. Y. Gaydn, V. Motsart va, ayniqsa, L. Betxovenlar Sning klassik namunalarini yaratdi. 19-asr kompozitorlaridan F. Shubert, G. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, simfoniya Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va boshqa simfoniya rivojiga muhim hissa qoʻshgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-asr komlozitorlari ijodida simfoniya yangi bosqichga koʻtarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, simfoniya Prokofyev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Shnitkelar simfoniya ustalari sifatida tanilgan.
Oʻzbekistonda 1930-yillardan simfonik musiqaning jadal rivojlanishi Sning paydo bulishiga zamin buldi (G. Mushelning 1simfoniyasi, 1938). Keyingi yillarda yirik mavzular, falsafiy goyalarni mujassamlantiruvchi janr sifatida simfoniyaga qiziqish kuchaydi (Mushelning 2 va 3 simfoniyalari, M. Shteynbergning 5 S—rapsodiyasi, M. Ashrafiyning 1va 2simfoniyalari va boshqalar). 1960-yillarning 2-yarmida Oʻzbekistonda dasturli simfoniya ravnaq gopib, B. Zeydman, R. Hamroyev, B. Giyenko va boshqalar simfoniyalar ijod qilishdi. 19702000-yillarda R. Vildanov (4 ta), Sayfi Jalil (2 ta), T. Qurbonov (10 ta), M. Tojiyev (19 ta), Ik. Akbarov (3 ta), M. Mahmudov (3 ta), N. Gʻiyosov (12 ta) va boshqa kompozitorlar simfoniya yaratganlar.
Simfoniyaga yaqin uslubda yaratilib, undan hajman kichikligi, mazmuni va bayoni soddaligi bilan farq qiluvchi asar simfoniyetta deb ataladi.
Havolalar
tahrirVikiomborda Simfoniya haqida turkum mavjud |
- „Symphony“. Encyclopædia Britannica. 26 jild (11-nashr). 1911. s. 290-291.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |